Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Mo‘g‘uliston prezidenti Samarqandga yetib keldi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishPrezident Mongolii Uxnaagiyn Xurelsux vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v Gosudarstvennom dvorse v Ulan-Batore.
Prezident Mongolii Uxnaagiyn Xurelsux vo vremya vstrechi s ministrom inostrannix del RF Sergeyem Lavrovim v Gosudarstvennom dvorse v Ulan-Batore. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnagiyn Xurelsux Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisida qatnashish uchun Samarqandga yetib keldi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Mo‘g‘uliston ShHT huzurida kuzatuvchi maqomiga ega. Sammitda ShHT faoliyatini takomillashtirish, tashkilotga a’zo davlatlar hamkorligi hamda mintaqaviy xavfsizlik va boshqa mavzulardagi masalalar muhokama qilinadi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0