Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Bir qutbli dunyo yaratishga urinishlar xunuk tus oldi - Putin

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v VII Vostochnom ekonomicheskom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbari bir qutbli dunyo yaratishga urinishlar sayyoradagi aksariyat davlatlar uchun maqbul emasligini ta’kidladi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. So‘nggi kunlarda bir qutbli dunyo yaratishga urinishlar mutlaqo xunuk tus oldi va sayyoradagi aksariyat davlatlar uchun maqbul emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida Xitoy raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“So‘nggi kunlarda bir qutbli dunyoni yaratishga urinishlar mutlaqo xunuk tus oldi va sayyoramizdagi davlatlarning aksariyati uchun mutlaqo maqbul emas. Biz xitoylik do‘stlarning Ukraina inqirozi bilan bog‘liq muvozanatli pozitsiyasini yuqori baholaymiz”, - dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin Rossiya yagona Xitoy tamoyillariga amal qilishini ta’kidladi.
“AQSh va uning malaylarining Tayvan bo‘g‘ozidagi provokatsiyalarini qoralaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Szinpin ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelishgan. Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0