Kolumnistlar

Yevropa Rossiya bilan kurashda stavkalarni oshirdi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Mediabankka oʻtishUrsula fon der Lyayen, arxivnoye foto
Ursula fon der Lyayen, arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa nega “Ukraina uchun kurash”ga oʻzini urmoqda? Axir ularda na armiya, na yetarli resurslar va na urush tajribasi bor. Balkim ular shunchaki vaqtdan yutmoqchidir?
TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Frantsiyaning Strasburg shahrida boʻlib oʻtgan Yevroparlament majlisida nutq soʻzladi.
Oʻz nutqida YEK rahbari “Rossiyani YEI kelajagiga tahdid solayotganlikda va unga qarshi gibrid urush olib borayotganlikda rasman aybladi va bizni tor-mor etishga vaʼda berdi. Mojaroning kuchayishiva navbatdagi bosqichga koʻtarilishida yangi qadamni de-fakto birlashgan Yevropa yetakchisi – Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen qoʻydi. Yevropa Ittifoqining "Bosh vazir"i Yevropa Parlamentiga yillik murojaatida soʻzlagan nutqida quyidagilarni taʼkidladi:
"Keling, aniq aytaylik: bu erda juda koʻp xavf bor. Nafaqat Ukraina uchun, balki butun Yevropa va butun dunyo uchun. Bu biz uchun sinov boʻladi. Oramizdagi turli farqlardan foydalanmoqchi boʻlganlar tomonidan uyushtirilgan sinov. Rossiya tomonidan boshlangan urush "nafaqat Ukrainaga qarshi qaratilgan, balki u bizning energiya xavfsizligimizga, iqtisodimizga, qadriyatlarimizga va kelajagimizga qarshi urush. Va men shu yerda ishonch bilan aytamanki, jasorat va birdamlik orqalibiz Putinni yengamiz. Yevropa gʻalaba qozonadi. Yevropaning Ukraina bilan birdamligi mustahkam boʻlib qoladi. Rossiyaga qarshi sanktsiyalar esa uning iqtisodiyoti parchalanmaguncha oʻz kuchida qoladi. Endi tinchlanish emas qatʼiyat vaqti keldi".
Agar buni Rossiyaga nisbatan ochiq eʼlon qiligan urush deb atalmasa, unda bu nima? Axir Yevropa Ittifoqi hozir ham “urushda” ishtirok etmoqda, nafaqat pul, balki qurol-yarogʻ yetkazib berish va Ukraina Qurolli Kuchlarini tayyorlash bilan ham.
“Oldin Yevroparlament hech qachon Yevropa zaminida davom etayotgan urush sharoitida boʻlmagan va YEIning ahvolini muhokama qilmagan”, “hozir esa demokratiyaga qarshi avtokratiya kurashmoqda” – Ursula fon der Lyayenning ushbu soʻzlari yevropaliklarga vaziyat jiddiyligini tushuntirishi va ilhomlantirishi kerak.
Agar fon der Lyayen Rossiyani Yevropa energetikasi, iqtisodiyoti, qadriyatlari va Yevropa kelajagining dushmani deb atayotgan boʻlsa, demak ular Rossiya bilan oʻlgunicha kurashga tayor dushman ekanini anglatadimi? Bu soʻzlar hali ochiq aytilmagan boʻlsa-da, ammo Yevropa Ittifoqi rahbarlari aytgan hamma narsa aynan shuni anglatadi.
Yevropa Rossiyani tor-mor etishi kerak boʻlgan dushmani deb eʼlon qildi: iqtisodiy jihatdan iqtisodimizni parchalash orqali, harbiy yoʻl bilan Ukraina jang maydonida bizni magʻlub etish orqali va siyosiy jihatdan prezidentimizni hukumatimizni almashtirish orqali. Oxir oqibat, bu Yevropani "fashistik davlat" bilan yangi urushdan ishonchli himoya qilishning yagona yoʻli, deb oʻtgan kuni fon der Lyayenning quroldoshi, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar boʻyicha oliy komissari Jozep Borrel ham aytgan edi.
Shunday qilib, hamma narsa juda aniq: Yevropa Rossiyani magʻlub etishni xohlaydi. Nima uchun? Oʻzlarining yorqin kelajagi, qadriyatlari va demokratiyasini saqlab qolish uchun. Buning uchun yevropaliklar - narxlarning oshishi, energiya taqchilligi va yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy inqirozga chidashlari kerak. Shunday qilib, keyinchalik, Rossiya “magʻlubiyatga uchragach”, ular “biz sharqdan kelayotgan bu dahshatli tahdidga qarshi turdik va gʻalaba qozondik, oʻzimizni va uyimizni saqlab qoldik” deb aytishmoqchi.
Oʻzi Yevropada biror kishi ushbu maqsadlarga ishonadimi? Albatta. Shunday boʻlsada, Rossiya va Yevropa oʻrtasidagi munosabatlarning koʻp asrlik tarixida rusofobiya Yevropaga bir necha bor bizning mamlakatimiz bilan urush zarurligini tushuntirishga yordam bergan. Turli davrlarda bu urushlar ayirmachilarga qarshi, varvarlarga qarshi va kommunistlarga qarshi deb atalgan. Va bizning Gʻarbga boʻlgan har bir yurishimiz avvalgi "drang nah Osten" bilan emas, balki "abadiy rus tajovuzkorligi" bilan izohlandi. Va endi boʻlsa biz umumiy Yevropa uyini qurishni davom ettirish uchun Yevropani Sharqdan kelayotgan boshqa tahdiddan himoya qilishimiz kerak.
Fon der Lyayenning nutqidan yana bir soʻz boʻlmasa, bu tushuntirishda hamma narsa yaxshi boʻlar edi. U Gʻarbiy Bolqon, Ukraina, Moldova va Gruziya aholisiga quyidagi soʻzlar bilan murojaat qildi: "Siz bizning oilamizning bir qismisiz, sizning kelajagingiz bizning ittifoqimizda va sizsiz bizning ittifoqimiz toʻliq emas".
Keling, albanlar va serblar uchun emas, balki Ukraina, Moldova va hatto Transkavkaz Gruziyasi uchun gapiraylik - bu hudud aniq Yevropami? Hozirgi yevropaliklarning oʻzlari nuqtai nazaridan va tarixiy nuqtai nazardan qaralganda ham? Ukrainani “Rossiya emas”ligi bilan qanday aldanmasin, u rus dunyosining bir qismidir. Ursula "Yevropa qitʼasidagi urush" deb atagan narsaga aynan Ukrainani oʻziga yot tsivilizatsiya, tarixiy va geosiyosiy makonga olib kirishga, uni Rossiyadan ajratishga urinishlar sabab boʻldi.
Darhaqiqat, asrlar davomida urushlar Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa deb tushunilgan Evropa hududida emas, balki tarixiy Rossiya hududida sodir boʻlmoqda. Ammo SSSR parchalanganidan keyin Yevropa Ukrainani oʻz dunyosining bir qismi deb hisobladi, yaʼni Yevropa va Rossiya tsivilizatsiyalarining tarixiy chegaralarini qayta koʻrib chiqishga qaror qildi.
Ha, dastlab anglo-sakslar Ukrainani oʻgʻirlashning asosiy tashabbuskori boʻlishdi, lekin asta-sekin ularning birlashgan Gʻarbdagi kichik sherigi boʻlgan Yevropa ham Ukraina uchun kurashga aralashdi.
Yaʼni, Yevropa xalqimiz birligiga, tsivilizatsiyamizga, kelajagimizga tahdidga aylangan, ammo hozir Rossiyani Yevropa kelajagiga tahdid solayotganlikda ayblamoqda! Hamma narsa ostin-ustun boʻlib ketdi - Rossiya shunchaki oʻzerlarini himoya qilishga va qaytarishga harakat qilmoqda. Ular boʻlsa oʻzganing yerini oʻziga qoʻshib olishga urinmoqda. Ustiga-ustak, agar Rossiya oʻz tarixidan, oʻz yerlaridan, oʻz manfaatlaridan voz kechmasa, magʻlub boʻlish va tor-mor etish vaʼda qilingan. Kim vaʼda qilmoqda? SSSR Sharqiy Yevropani oʻz ixtiyori bilan tark etgandan keyingina birlashish imkoniyatiga ega boʻlgan Yevropa Ittifoqi, yaʼni nemislar. Ha, bu inqiroz va mamlakatimizning oʻzi, SSSR parchalanishi paytida sodir boʻldi va biz minnatdorchilik talab qilmaymiz. Ammo yevropaliklarning oʻzi ham minimal tarixiy xotiraga ega boʻlishi kerak-ku? Hech boʻlmaganda oʻzini himoya qilish hissi boʻlishi kerak. Rossiya yerlarini tortib olish uchun boʻlgan shuncha urushlar va avlod-ajdodlarining magʻlubiyati, ularga rus uyiga kirish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushuntirish kerak edi-ku?
Oʻz-oʻzini himoya qilish hissi bu yevropaliklarning oʻzlari uchun hammasi qanday tugashini aytadi. Ha, bugungi Yevropa iqtisodiy jihatdan Rossiyadan ancha kuchli va anglo-sakslar bilan birgalikda Gʻarb harbiy qudratda bizdan sezilarli darajada ustundir, ammo ulushlarni mutlaqo solishtirib boʻlmaydi. Gʻarb chekka hududlar hisobiga oʻz hududini kengaytirmoqchi boʻlib, Rossiyaga qarshi toʻsiq qurmoqchi, mamlakatimiz esa oʻz birligini tiklayapti. Yana bir gʻalayon va davlatning qulashi oqibatlarini yengib oʻtmoqda. Biz uchun bu hayot-mamot masalasi, ammo Yevropa va Gʻarb uchun bu shunchaki Rossiyaning vaqtincha boʻlinishidan foydalanib qolishga urinishdir. Shuning uchun biz chekinmaymiz va Gʻarb oxir-oqibat yutqazadi.
Ammo bu ular uchun falokat boʻlmaydi, shunday emasmi? Xoʻsh, Rossiya yerlarini oʻziga qoʻshib olish ish bermadi - Yevropa Ittifoqining oʻzi va umuman Gʻarb uchun, bu dunyoning oxiri emas, shunday emasmi? Agar Gʻarb hozir ancha qiyin ahvolda boʻlmaganida shunday boʻlardi. Gʻarb yetakchiligining yarim ming yillik davri nihoyasiga yetmoqda – bu jarayon yana bir necha oʻn yillar davom etadi, biroq harakat yoʻnalishi allaqachon aniq boʻlgan.
Shuning uchun ham Gʻarb “Ukraina uchun kurash”dan, shunchiki oʻz soʻnish davrini orqaga surish, hech boʻlmaganda biroz sekinlashtirish uchun foydalanishga harakat qilmoqda. Ursula oʻz ritorikasida “ustunlarni” koʻtaradi - shuning uchun butun "fashistik rejim bilan demokratik Yevropa uchun kurash", "biz Rossiya ustidan gʻalaba qozonguncha turamiz" degan gaplarni aytdi.
Ammo bu urushda keskinlikni oshirish orqali Yevropa shunchaki “yolgʻon” kuch va qatʼiyyat namoyish qilmoqda – aslida oʻz niyatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun ularda hech narsa yoʻq, urushda yutqazsa ham hech narsa yoʻqotmaydi. Ularning oʻzi ham, boshqa barcha global kuch markazlari ham buni yaxshi tushunishadi. Rossiya ham buni tushunadi, shuning uchun u Yevropaga biz bilan “qarta oʻynash” uchun stolga oʻtirgan beadab va ochkoʻz oʻyinchi sifatida qaraydi. Lekin ular dastlabki imkoniyatdanoq oʻyinni tark etishga tayyor. Biz uchun esa bu “oʻyin” hayot-mamot jangi, chunki biz adolat uchun kurashmoqdamiz va biz oxirigacha boramiz. Oxir oqibat gʻalaba bizniki boʻladi va Yevropa rus yerlariga havas qilganidan yana bir bor pushaymon boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0