O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 15 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Velikiy shelkoviy put" v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra Velikiy shelkoviy put v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy umumiy qiymati 15 milliard dollarlik ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikka doir kelishuvlar imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kelishuvlar Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning muzokaralari yakunida imzolandi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Velikiy shelkoviy put" v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra Velikiy shelkoviy put v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Velikiy shelkoviy put" v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
Uchrashuvda yetakchilar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, bunda elektron tijoratni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, eng avvalo, avtomobilsozlik, “yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi va infratuzilma kabi sohalarda ilg‘or loyihalarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Velikiy shelkoviy put" v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra Velikiy shelkoviy put v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
15 sentabrya 2022 v Kongress-sentre mejdunarodnogo turisticheskogo sentra "Velikiy shelkoviy put" v Samarkande sostoyalis peregovori Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Predsedatelya Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpina.
Xitoyning kambag‘allikka qarshi kurashish, hududlarni rivojlantirish va professional kadrlar tayyorlash borasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etishni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligini ta’kidladilar. Shu maqsadda joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlarining birinchi forumini o‘tkazish taklif etildi.
Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini boshlash to‘g‘risida tarixiy kelishuvga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kelgusi yilda o‘zaro do‘stlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yilini o‘tkazishga kelishib olindi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Mirziyoyev va Szinpin Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga va iqtisodiy tiklanishga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarni, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, “Markaziy Osiyo – Xitoy” mexanizmi doirasida tizimli hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini ta’kidlashdi.
Mirziyoyev Szinpinni mukofotladi
Xitoy yetakchisi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) raisi sifatidagi faoliyatini, buning natijasida tashkilotni kengaytirish va xalqaro nufuzini mustahkamlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinganini yuksak baholadi.
Muzokaralar yakunida Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash rekord ko‘rsatkich – 8 milliard dollarga yetgan, joriy yil boshidan esa 30 foizdan ortiq o‘sgan. Oxirgi besh yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Xitoy yetakchisi ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0