Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Samarqandga keldi

© ShOSPribitie prezidenta Tursii Erdogana na sammit ShOS
Pribitie prezidenta Tursii Erdogana na sammit ShOS  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Samarqandga yetib keldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezident ShHT sammitida ishtirok etishdan tashqari, O‘zbekistonda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 16-sentabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda g‘alla bo‘yicha kelishuvning amalga oshirilishini muhokama qiladi.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0