Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori - Mirziyoyev

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansi tuzilishi mumkin.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.
"O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori", - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning amaliy ta’sirchanligini oshirish g‘oyat muhim ekanini qayd etdi. O‘zbekiston ShHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini o‘zaro to‘ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor.
Shu munosabat bilan mirziyoyev ShHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirishni taklif etdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish masadida O‘zbekistonda ShHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.
bundan tashqari, Mirziyoyev har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratishni taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0