Qozog‘iston TIV mamlakatning KXShTdan chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi

© Sputnik / Vladislav VodnevFlag Kazaxstana
Flag Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning KXShTdagi a’zoligini to‘xtatishi haqidagi ma’lumotni rad etdi
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar mutlaqo feyk va haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, Qozog‘iston tashkilot tashkil etilishining boshida turibdi, uning faol ishtirokchisi.
“KXShTga a’zolik mamlakatimizning milliy manfaatlariga to‘liq javob beradi”, - deya tushuntirgan vazirlik.
TIV ma’lumotlariga ko‘ra, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi unga a’zo davlatlar, jumladan, Qozog‘iston uchun qonuniy majburiy xavfsizlik kafolatlarini nazarda tutadi. Bundan tashqari, KXShT doirasida xalqaro terrorizm, noqonuniy migratsiya, narkotrafik, transchegaraviy jinoyatlar, axborot sohasidagi tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish ko‘nikmalari shakllantirilmoqda.
“KXShT doirasidagi hamkorlik Qozog‘iston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib, respublikaning tashkilotdagi ishtiroki Qozog‘istonning uzoq muddatli strategik hujjatlarida nazarda tutilgan. Umuman olganda, Qozog‘iston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini aniq aytish mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 1992-yil 15-may sanasida sobiq sovet respublikalari o‘rtasida Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi va u 1994-yilning 20-aprelidan boshlab kuchga kirdi.
KXShTning vazifasi qo‘shin va yordamchi bo‘linmalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan shartnomada ishtirok etadigan mamlakatlarning hududiy-iqtisodiy makonini har qanday tashqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorchilardan, shuningdek keng ko‘lamli tabiiy ofatlardan himoya qilishdan iborat. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 6 davlat: Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.
Yangiliklar lentasi
0