Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

"Siz bu shaharni yoshartirdingiz" - Lukashenko Mirziyoyevga. Video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
BeLukashenko: Shavkat Miromonovichning qilganlari ulkan muvaffaqiyatdir.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zining Samarqand haqidagi taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi va Shavkat Mirziyoyevning mehnatlarini yuqori baholadi.
“Siz bu shaharni yoshartirdingiz. Bilaman, garchi siz boshqa viloyatda tug‘ilgan bo‘lsangiz ham, bu joy siz uchun begona emas. Bu sizning beshigingiz, eng muhim yillaringiz shu yerda o‘tdi (2001 yilda Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan va bu lavozimni ikki yil davomida egallagan - Sputnik), u yerda yuqori darajada jiddiy boshqaruv tajribasiga ega bo‘ldingiz”, - dedi Lukashenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga.
“Qadimgi siyosatchi sifatida, rostini aytsam: siz (shahar rivojiga - Sputnik) juda jiddiy hissa qo‘shdingiz. Men kelgan zamonim yigitlaringizga aytdim: Shavkat Miromonovich bu yerda amalga oshirgan ishlari bu - ulkan muvaffaqiyatdir!”, - dedi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng oflayn formatda o‘tkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3-yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0