Sport

Oʻzbekiston terma jamoasi Devis kubogida Yaponiyani magʻlub etdi

© Natsionalnыy olimpiyskiy komitet UzbekistanaSbornaya Uzbekistana obыgrala Yaponiyu v Kubke Devisa
Sbornaya Uzbekistana obыgrala Yaponiyu v Kubke Devisa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonlik tennischilar 2023 yilgi saralash bahslarining ikkinchi bosqichiga yoʻl oldi.
TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Tennis boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi “Davis Cup World Group I” musobaqasida yaponiyalik sportchilarni 3-1 hisobida magʻlub etib, musobaqaning keyingi saralash bosqichiga yoʻl oldi. Bu haqida Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzbekistonlik sportchilar yaponiyalik raqiblar bilan toʻrtta uchrashuvda uchta gʻalabani qoʻlga kiritib, quyidagi natijalarga erishdi:
Denis Istomin - Sho Shimabukuro (6:3, 6:7, 6:7);
Sergey Fomin - Shintaro Mochizuki (7:6, 7:6);
S.Fayziyev / D.Istomin – K.Uyesugi / Y.Vatanuki (3:6, 7:6(3), 6:2);
Sergey Fomin – Sho Shimabukuro (7:6(1), 7:5).
Musobqada 24 ta jamoa 12 juftlikka boʻlingan. Har bir juftlik gʻoliblari asosiy jahon guruhining saralash bosqichida ishtirok etadi, magʻlub boʻlganlar esa 2023 yilda 1-jahon guruhining pley-off bosqichida qatnashadi.
Yangiliklar lentasi
0