Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Koʻz ravshanligini taʼminlovchi ikki antioksidant aniqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishVo vremya operatsii v otdelenii eksimerlazernoy xirurgii
Vo vremya operatsii v otdelenii eksimerlazernoy xirurgii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyo boʻyicha taxminan 2,2 milliard kishining koʻrish qobiliyati susaygan. Ularning katta qismini 50 yoshdan oshgan odamlar tashkil etadi.
Aslida nigohlarning oʻtmaslashishi 40 yoshdan boshlanadi. Vaqt oʻtgan sari uzoq yoki yaqinni koʻrish qobiliyati zaiflasha boradi. Keksayganda esa aksariyat kishilar gazeta-jurnal va kitoblarni koʻzoynaksiz oʻqishga qiynalib qoladi. Baʼzilarda esa koʻrish qobiliyati tomoman yoʻqoladi.
AQShning Betesda milliy koʻz instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ushbu muammoning oldini olish yoʻli aniqlandi. Yaʼni olimlar ikkita antioksidant yordamida koʻz ojizligi xavfini chorak foizdan koʻproq kamaytirish mumkinligini isbotladi.
Buning uchun ilgari ishlab chiqilgan mavjud ozuqaviy qoʻshimchalar formulasi oʻzgartirildi. Besh yil davom etgan va 4000 nafarga yaqin kishi qatnashgan tajriba ishtirokchilaridan bir guruhi S vitamini, mis, rux va beta-karotinni oʻz ichiga olgan qoʻshimchalarni qabul qildi.
Ikkinchi guruh yangi formulaga asosan tayyorlangan, yaʼni lutein va zeaksantin antioksidantlari bilan boyitilgan dorivor tarkibga ega qoʻshimchalardan foydalandi.
Yakunda yangi formulaga ega ozuqaviy qoʻshimcha koʻz oʻtmaslashishi xavfini 26 foizga kamaytirishi aniqlandi.
Yangiliklar lentasi
0