Yana bir Rossiya aviakompaniyasi Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Mixail KutuzovSamolyot aviakompanii "Yamal"
Samolyot aviakompanii Yamal  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2022
Obuna bo‘lish
Moskva – Namangan yo‘nalishidagi reyslar haftasiga bir marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskva-Namangan yo‘nalishida o‘z parvozlarini boshladi. Bu haqda Namangan xalqaro aeroporti xabar berdi.
17 sentabr kuni aviakompaniyaning A-321 rusumli havo kemasi Moskvadan 221 nafar yo‘lovchini Namanganga olib keldi.
“Yamal” Moskva – Namangan – Moskva yo‘nalishidagi reyslarni haftasiga bir marta amalga oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasi Moskvadan Toshkent va Namanganga yangi reyslarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0