AQSh nima uchun Yevropada energiya inqirozi uyushtirdi? Shvetsiya OAVi qo‘liga maxfiy hujjat tushdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Nyu-York
Goroda mira. Nyu-York - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Shvetsiya gazetasi AQShning Yevropaga nisbatan yovuz niyatlarini fosh etuvchi "dahshatli hujjatni" chop etdi. Unda AQSh Yevropada mojaro va energiya inqirozini qanday maqsadda amalga oshirgani batafsil keltirilgan.
TOShKENT, 19 sen - Sputnik. Shvetsiyaning Nya Dagbladet nashri AQSh Yevropada qurolli mojaro va energiya inqirozini oldindan rejalashtirgani haqidagi “dahshatga soluvchi hujjat”ni chop etdi.
Nashr ixtiyorida bo‘lgan maxfiy hujjat - RAND Corporationning 2022-yilning yanvar oyida Oq Uy uchun tayyorlagan tavsiyanomasidan lavhalar keltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, RAND Corporation - AQShning eng yirik tahliliy markazi hisoblanadi. U yerda 1800ga yaqin xodim ishlaydi. Ushbu markaz sovuq urush yillaridan buyon Vashingtonning tashqi siyosati va himoya strategiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Xususan, RAND Corporationning 2022-yil yanvar oyida Oq Uyga jo‘natilgan hisobotida, Yevropa va Germaniyadagi energetika inqirozi, shu jumladan AQShning ishonchli vakillari orqali YeI siyosatiga qanday ta’sir o‘tkazilayotgani haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Unda RAND tahlilchilari quyilagilarni "bashorat" qilishgan:

Kiyev rejimi tomonidan olib borilayotgan agressiv tashqi siyosat Rossiyani Ukrainaga harbiy aralashuvga majbur qiladi. Bundan so‘ng Vashington o‘zining uzoq kutilgan maqsadini amalga oshiradi - Moskvaga nisbatan sanksiyalar paketini joriy etiladi.
Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti buning natijasida “muqarrar qulab tushadi”. Bu esa, o‘z navbatida YeIdan "kapital va aql qochishiga" olib keladi. RAND tahlilchilari hisob-kitobiga ko‘ra, Yevropaning 9 milliard dollargacha bo‘lgan resurslari AQShga oqib ketadi. Shuningdek o‘qimishli yevropalik yoshlar ham Amerikaga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi. Bundan Vashington mamnun bo‘lishi kerak.
Lekin AQShning asosiy maqsadi - Yevropa va Germaniyani Rossiyadan ajratib olish deyilgan hujjatda. Buning uchun Vashington YeI rahbariyatidagi "foydali axmoqlar" yordamida Rossiya energiya manbaalarini YeIga kelishni to‘liq to‘xtatib, qo‘yishi kerak.
Hujjatda to‘g‘ridan to‘g‘ri quyidagi so‘zlar keltirilgan: "Germaniyani kuchsizlantir, AQShni kuchaytir", AQSh iqtisodini qo‘llab-quvvatlash uchun tashqaridan mablag‘ kelishi kerak, ayniqsa "bank tizimiga shoshilinch ravishda".
RAND tahlilchilari aytishiga ko‘ra, ushbu maqsadlarni amalga oshirishda eng katta to‘siq bu - Germaniya mustaqilligining tobora kuchayib borayotganidir. Boshqa narsalar qatorida, Brexit ham Germaniyaga ko‘proq mustaqillik bergani va AQShning Yevropa hukumatlari qarorlariga ta’sir qilishini qiyinlashtirgani ko‘rsatilgan.
Hujjatda tilga olingan ushbu bema’ni strategiyaning asosiy maqsadi, nafaqat Germaniya va Rossiya, balki Berlin va Parij o‘rtasidagi ham nizo chiqarish va hamkorlikni yo‘q qilishdir. “Agar bu yaqinlashuv (Fransiya va Germaniya) yuz bersa, Yevropa AQSh uchun nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy raqobatchiga ham aylanadi”, — deyiladi hisobotda.
Oq uy uchun ushbu vaziyatdan yagona chiqish yo‘li - har ikki davlatni Ukrainadagi mojaroga jalb qilish, bu esa ularni pirovardida Rossiya energiya ta’minotidan bosh tortishga majbur qilishi muqarrar.
Bu yog‘i yanada qiziqroq - ushbu iblisona rejalarni amalga oshirish maqsadida, birinchi navbatda, Germaniya iqtisodini butunlay barbod qilishga qaratilgan strategik reja taqdim etilgan. "GFRning ushbu tuzoqqa tushirishda, "yashil" partiyalar va "yashil" g‘oyalarning Yevropadagi yetakchi rolidan foydalanish kerak bo‘ladi", deyilgan xabarda.
“Germaniya ekologik harakati - o‘ta dogmatik va fanatiklar harakati bo‘lgani tufayli, ularni iqtisodiy faktlar dalillardan chalg‘itish va manipulyatsiya qilishga mos keladi”, deyiladi hujjatda.
Bu yerda gap Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalen Berbok va iqtisodiyot vaziri Robert Xabek haqida ketmoqda.
"Ushbu siyosatchilarning shaxsiy xususiyatlari va noprofessionalligi - ularga o‘z xatolarini o‘z vaqtida tan olishga imkon bermaydi. Demak biz media maydonida tezda "Tajovuzkor Rossiya" obrazini yaratishimiz va Germaniya yashillarini "urush partiyasiga" aylantirishimizga imkon bor. Bu esa o‘z navbatida istalgan sanksiyalarni kiritish imkonini beradi", - deb xusosiga yakun yasaydi RAND tahlilchisi.
Darhaqiqat, so‘nggi oylar voqealarini esga olsak aynan Berbok va Xaber barcha Rossiyaga qarshi sanksiyalar tashabbuskori va ularning bosqichma-bosqich kuchaytirib borishmoqda.
Boshqa narsalar qatorida, Berbok yaqinda o‘z saylovchilari qanday fikrda bo‘lishidan qat’iy nazar va bu Germaniya aholisi uchun qanday oqibatlarga olib kelishidan qat’i nazar - u qishda ham rus gazini uzib qo‘yishini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0