Baydenning pandemiya tugagani haqidagi so‘zlari Oq uy xodimlarini hayratda qoldirdi – OAV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Amerika prezidenti ma’muriyatining xodimlari esa intervyu doirasida pandemiya tugagani haqidagi bayonot rejalashtirilmaganini ta’kidlagan.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Baydenning COVID-19 pandemiyasining tugagani haqidagi bayonoti Oq uy sog‘liqni saqlash rasmiylarini hayratda qoldirdi. Bu haqda 18-sentabr kuni “Politico” gazetasi manbalarga tayanib, xabar berdi.
“Baydenning CBS telekanaliga bergan intervyusida AQShda COVID-19 pandemiyasi tugagani haqidagi nutqi ba’zi sog‘liqni saqlash amaldorlarini hayratda qoldirdi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Amerika prezidenti ma’muriyatining ikki xodimi intervyu doirasida Baydenning pandemiya tugashi haqidagi bayonoti rejalashtirilmaganini ta’kidlagan.
Amerika Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 28 kun ichida Qo‘shma Shtatlarda ikki milliondan ortiq koronavirus holati aniqlangan, 12 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Joriy hafta boshida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoda COVID-19dan tasdiqlangan o‘limlar soni 6,5 milliondan oshganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0