Dunyoda

Pelosining Armanistonga tashrifi provokatsion salohiyatga ega - Turkiya parlamenti spikeri

© AFP 2022 / Nathan Howard/Getty Images Spiker Palatы predstaviteley SSHA Nensi Pelosi v Vashingtone
Spiker Palatы predstaviteley SSHA Nensi Pelosi v Vashingtone  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Mustafa Sentop Pelosiing tashrifi, endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarini buzishi mumkinligini taʼkidladi.
TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. AQSH Kongressi spikeri Nensi Pelosining Armanistonga tashrifida hech qanday yaxshilik yoʻq, bu provokatsion xususiyatga ega, dedi Turkiyaning parlamenti spikeri Mustafa Sentop turk OAViga.
“AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Ozarbayjonning egallab olingan yerlari ozod qilingandan soʻng Armanistonga tashrifi - mintaqa va dunyo tinchligi uchun foyda keltirmaydi. Men bu tashrifda hech qanday yaxshilik koʻrmayapman”, - dedi Mustafa Sentop.
Shuningdek, u Pelosiing tashrifi endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarini buzishi mumkinligini taʼkidladi.

“Odatda bir davlat parlamenti raisining boshqa davlatga tashrifi, bu normal hodisa, biroq bu tashrif - endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarida yana inqirozni chuqurlashtirish va provokatsion salohiyatga ega”, - dedi Shentop.

Eslatib oʻtamiz, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston orasida qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan va unda har ikkala tomondan 100ga yaqin harbiylar qurbon boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0