Dunyoda

"Tolibon"* Qirgʻiziston va Tojikistonni murosaga chaqirdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka oʻtishSituatsiya na granitse Kirgizii i Tadjikistana
Situatsiya na granitse Kirgizii i Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tolibon* hukumati rasmiysi tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyat mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy taʼsir qilishi mumkinligini aytdi.
TOSHKENT, 19 sen — Sputnik. Tolibon* tomonidan tuzilgan Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdul-Qahar Balhiy oʻzining Twitter’dagi sahifasida Tojikiston va Qirgʻizistonni chegaradagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Abdul-Qahar Balhiyning soʻzlariga koʻra, qoʻshni davlatlar chegarasidagi vaziyat xavotir uygʻotmoqda.
“Afgʻoniston Islom Amirligi har ikki tomonni chegaraviy kelishmovchiliklarni tinchlik va muloqot yoʻli bilan hal qilishga chaqiradi. Davom etayotgan janglar butun mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka salbiy taʼsir qilishi mumkin. Chegaraning har ikki tomonida istiqomat qiladigan odamlar jabr koʻrishi yoki uylarini tashlab ketishga majbur boʻlishi notoʻgʻri”, -deydi u.
Shuningdek, Balhiy har ikki tomonga tinch aholi qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
14-17 sentyabr kunlari Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qurolli toʻqnashuv yuz berdi. Tomonlar uni boshlashda bir-birlarini ayblashmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, chegaradagi qurolli toʻqnashuv oqibatida 59 nafar qirgʻizistonlik halok boʻlgan, yana 100 dan ortiq kishi jabrlangan. Qirgʻiziston prezidenti 19 sentyabrni qurbonlar xotirasiga milliy motam kuni deb eʼlon qildi.
Tojikiston TIV maʼlumotlariga koʻra, chegaradagi toʻqnashuvda 28 nafar tinch aholi halok boʻlgan, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0