Toshkentni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishPamatnik Amiru Temuru v Tashkente
Pamatnik Amiru Temuru v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror bilan poytaxtda 2023−2027 yillarda yillik 7 mln dona mavsumiy gullar va 75 ming tupdan ziyod ko‘chatlar ekiladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 2023-2027 yillarda Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi. Bu haqda shahar Xalq deputatlari kengashining 16-sentabrdagi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, har yili:
7 mln ga yaqin mavsumiy gullar;
75 mingdan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt ko‘chatlari va butalar ekilishi nazarda tutilmoqda.
Bosh rejada yil yakuniga qadar yog‘ingarchilik mavsumlarida shahar hududlarida suv to‘planishi va suv toshishi mumkin bo‘lgan manzillar ro‘yxatini aniq shakllantirish va bartaraf qilish choralarini ko‘rish nazarda tutilmoqda.

Qaror bilan quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

2024 yilga qadar poytaxtni yashillik darajasini 30%ga yetkazish;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman hokimliklariga atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub bo‘lgan korxonalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95%dan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarni o‘rnatilishini nazorat qilishni yuklatish;
shahar va tumanlar markazlari ko‘chalaridagi irrigatsiya tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, tarmoqlarni joriy ta’mirlash va yangilash choralarini ko‘rish;
daraxtlarni zararkunanda hasharotlardan saqlab qolish uchun chet ellik mutaxassislarni jalb etish;
2022-2024 yillarda shahardan o‘tadigan kanallarning (62 km qismi) qirg‘oq bo‘ylarini obodonlashtirish, kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgohlar tashkil etish.
Xujjatga muvofiq, obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan yiliga o‘rtacha 7 mln dona mavsumiy gullar ekilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga yiliga 75 ming donadan kam bo‘lmagan miqdorda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0