Odatiy fashizm: UQK Xarkov aholisini qanday qiynoqlarga duchor qilyapti?

© AP Photo / © AP Photo / Ukrainian Presidential Press OfficeZelenskiy
Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Xarkov viloyatida aholini “Rossiyaga yon bosadigan” qarashlardan tozalash ishlari faol amalga oshirilmoqda.
Vladimir Kovalov
Odamlarni ko‘chada tutib olib, noma’lum joylarga olib ketishmoqda. Qiynoq uchun hamma narsa sabab bo‘lishi mumkin - ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlardan tortib, xafa bo‘lgan qo‘shnisidan adovatgacha. Kiyev rejimining yashirin terrorlari haqida- batafsil RIA Novosti materialida

Odamlarga ov

Ukraina OAVlari ularning armiyasi, xavfsizlik xizmati va politsiyasi “kollaborantlar” bilan qanday kurashayotgani haqidagi xabarlarga to‘la. Aslida buning ortida haqiqiy terrorizm yashiringan. Kiyev yangi qoidalar bo‘yicha yashamoqchi bo‘lgan, Rossiya ta’lim, mehnat va sog‘liqni saqlash standartlariga o‘tganlarni davlat dushmani deb e’lon qilmoqda.
Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaganmisiz - uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Rossiyaliklarga nimadir sotgan yoki xizmat ko‘rsatganmisiz - besh yil. Ma’muriyatda lavozimga ega bo‘lganmisiz, tashqiliy ishlar bo‘yicha qaror qabul qilganmisiz - o‘n yil. Sudya yoki politsiyachi- o‘n besh. Rossiya siyosatini axborot bilan ta’minlash uchun - 20-yil. Agar “hamkor” ning harakatlari natijasida odamlar halok bo‘lgan yoki boshqa “jiddiy oqibatlar” yuzaga kelgan bo‘lsa - umrbod. Bunday ishlar mingdan ortiq. Bundan tashqari, mahkumlar harbiy asirlarga almashtirilmaydi.
Shuningdek, davlatga xiyonat qilganlikda ayblashadi. Ammo bu holatda ayblov Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi, mudofaa qobiliyati yoki axborot xavfsizligiga yetkazilgan zararni isbotlashi kerak bo‘ladi. “Kollaboratsionizm” da ayblanish uchun Rossiya vakillari bilan oddiy muloqot kifoya.
Ijtimoiy tarmoqlarda ukrain harbiylarining masalan Kupansk bo‘ylab yurib, u yoki bu tarzda rossiyaliklar bilan hamkorlik qilganlarni ayblashmoqda. Odamlarni urishmoqda, haqorat qilishmoqda, Moskvaga ishlaganlik uchun kechirim so‘rashga majbur qilishmoqda. Oddiy safdagi ukrainlar dahshat bilan “ozod etilgan hududlar bo‘ylab” harakatlanishmoqda. Xohlagan insonni xohlagan vaqt sotqin deb e’lon qilishlari mumkin

Uydirma bo‘lmagan hikoyalar

Xarkov viloyatining “hududiy mudofaasi” odamlarga ov qilmoqda. Jazochilar so‘nggi oylarda katta yo‘qotishlarga uchragan bo‘linmalardan maxsus tuzilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev sentabr oyi oxirigacha Rossiya armiyasi joylashgan Xarkov viloyatining Izum, Balakleya, Kupansk va boshqa aholi punktlarini “Ukraina dushmanlari”dan tozalashni talab qilmoqda. Agar jangarilar belgilangan jadvalga rioya qilmasa, yordamga Lvov viloyatidan mudofaa kuchlari yuboriladi.
“Filtratsiya taxminan 10 kun davom etadi... Shahar tinch, harbiylar tozalash ishlari bilan shug‘ullanishmoqda”, - bo‘lib o‘tayotgan voqealarni xuddi odatiy holdek so‘zlab bergan Kiyev tomonidan Izum meri etib tayinlangan Valeriy Marchenko.
Amaliyotda bu quyidagicha sodir bo‘ladi: odam yonida avtomobil to‘xtaydi, odatda fuqaro avtomobili bo‘ladi, undan bir nechta harbiylar chiqib kelishadi. Ko‘chaning o‘zida tergov boshlashadi : kim bo‘lib ishlagan, qancha olgan, nega rossiyaliklar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. Javoblar qanday bo‘lmasin, “kollaborant” ning taqdiri aniq.
Masalan, Valentina Volnovaxa shahridan, u bir necha kundan buyon Xarkovda yashayotgan dugonasi bilan aloqaga chiqa olmayapti. Rossiyaning ittifoqdosh qo‘shinlari DXR va LXR ga kirib kelguniga qadar, uning turmush o‘rtog‘i mahalliy FVV da ishlagan va yangi ma’muriyatda qutqaruvchi bo‘lgan : Ukraina tomoni otishmalarida, turar - joy binolari vayronalari ostidan jabrlangan odamlarni olib chiqqan. U hech qachon siyosat bilan shug‘ullanmagan, faqat boshqalarga yordam bergan.
Hamkasblarining aytishicha, “uni ish joyidan noma’lum tomonga olib ketishgan”. Endi dugonam ham aloqaga chiqmayapti, xabarlarga javob bermayapti”, - deb xavotir olmoqda Valentina.
Jazochilarga qo‘shnilar ham tez-tez yordam berib turishadi: kimdir shaxsiy adovat tufayli, kimdir esa o‘zidan shu xavfni uzoqlashtirish niyatida, yana boshqalari esa shunchaki Rossiyani yomon ko‘rishadi. “Men hamshira bo‘lib ishlaganman. Rossiya armiyasi ketganda, qo‘shnilar seni ukrainlarga topshiramiz, va ular seni bo‘g‘izlab o‘ldirishadi deyishdi. Shunday ro‘yxat ham tuzishgan”, - deydi Borisovka qishlog‘ida yashovchi Yevgeniya. U o‘zini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi: u hozir Belgorod viloyatining qochqinlar lagerida.

Xalq ovozi

Biroq, barcha ukrainaliklar ham bu qadar shafqatsiz emas. Kiyev xalqaro sotsiologiya institutiga ko‘ra, fuqarolarning qariyb yarmi tadbirkorlar va o‘qituvchilar Rossiya bilan hamkorlik qilgani uchun jazolanmasligi kerak, deb hisoblaydi. Shifokorlarni ta’qib qilishni 20% oqlashmoqda, mansabdorlarni esa 69% . Albatta, Ukrainaning g‘arbda joylashgan viloyatlari ancha radikal kayfiyatda.
“Ukraina hokimiyati bu hududlarda o‘zini qanday tutishida hech kim shubhalanmagan edi. Kiyev hech qachon o‘z fuqarolariga shafqatli bo‘lmagan, Ukrainaning chap qirg‘og‘i aholisini esa umuman odam sifatida ko‘rishmaydi. Buni hatto Nikolayev misolida ham ko‘rish mumkin. U hozir ukrainlar nazorati ostida va qamalga olinmagan. Biroq u yerda suv, ovqat va dorilar yetkazishda uzilishlar bor”, - deydi siyosatshunos Aleksandr Dudchak.
Kremlga ishlaganlikda ayblash uchun telefonda shunchaki Rossiya telefon raqami yoki qaysidir ukrain siyosatchisi haqida nomaqbul gapirish yetarli, deydi ekspert. Safarbarlikdan bo‘yin tovlash ham - sotqinlik. Qatag‘onlarni osonlashtirish uchun hukumat hatto onlayn-ilova yaratgan, unda Ukraina maxsus xizmatiga zudlik bilan “chaqimchilik”ni rasmiylashtirish mumkin.
Shu bilan birga Kiyevni ayblash G‘arbning xayoliga ham kelmagan, deydi siyosatshunos Sergey Markov. “Mamlakat boshida qo‘g‘irchoqlar turibdi, Ukraina aksil-Rossiyaga aylanishi kerak, shuning uchun aholini majburiy “ruslardan tozalash” ishlari olib borilmoqda. Taslim bo‘lmaganlar esa shafqatsiz siyosiy qatag‘onlarga duchor bo‘lishadi”, - deydi tahlilchi.
Ushbu siyosat 2014-yildan buyon olib borilmoqda. Biroq, avval neonatsistlar asosiy urg‘uni kuch tuzilmalariga qaratar edi. Endi esa hokimiyat ularning qo‘l ostida, deydi ekspert.
“Hozirgi Ukrainani XX asr Italiya va Germaniyadagi fashizm rejimiga qiyoslash mumkin. G‘arblik xojalarning tanlovi tasodif emas- bunday siyosiy tizimlar jangovar sharoitlarda yuqori samaradorlikni namoyish etgan”, - deydi Markov.
RIA Novosti bilan suhbatda bo‘lgan ekspertlarning fikricha, Kiyevning maqsadi bitta - Xarkov viloyati aholisini qiynoqqa olish yo‘li bilan boshqa ukrainlarni qo‘rqitish va ularni Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechishga majbur qilish.
Yangiliklar lentasi
0