Putin: dunyo ishlaridagi ustunlik abadiy bo‘lishi mumkin emas

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya ayrim davlatlar dunyo ishlarida ustunlik rolini saqlab qolish va hammani nazorat qilishga urinayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ayrim mamlakatlarning dunyodagi ustunligi abadiy davom etishi mumkin emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Ko‘p qutblilik sari xolis rivojlanish, afsuski, dunyo ishlarida ustunlik rolini saqlab qolish va hammani: ham Lotin Amerika, ham Yevropa, ham Osiyo, ham Afrikani nazorat qilishga urinayotganlarning qarshilik ko‘rsatishlariga duch kelmoqda”, - dedi Rossiya rahbari xorijiy davlatlarning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilish marosimida.
“Aytish kerakki, gegemon buning uddasidan uzoq muddat davomida yaxshi chiqayotgandi, biroq bu abadiy davom etishi mumkin emas, buning iloji yo‘q”, - deya ta’kidladi Putin.
Yangiliklar lentasi
0