Rossiya Kaspiy mintaqasida tinchlikni saqlashdan manfaatdor – Lavrov

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Lavrov: Kaspiy bo‘yicha barcha masalalar mintaqadan tashqari kuchlarning salbiy ta’siri aks etmagan holda hal qilinishi kerak.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya Kaspiy mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlashdan manfaatdor, u besh qirg‘oq davlati doirasida yaxshi qo‘shnichilik asosida hamkorlikni rivojlantirish tarafdori. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ta’kidladi.
“Rossiya uchun hayotiy manfaatlar Kaspiy mintaqasida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash, uning sohilbo‘yi davlatlarining yaxshi qo‘shnichiligi, ishonch va hamkorligi asosida barqaror rivojlanishi, Kaspiy dengizining iqtisodiy, shu jumladan, tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan iborat”, deyiladi bayonotda.
“Rossiya shu maqsadda “Beshlik” doirasidagi ko‘p qirrali tizimli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, bu jarayonni bosqichma-bosqich institutsionallashtirish tarafdori. Biz mintaqadagi qo‘shnilarimiz bilan barcha sohalarda aloqalarni kengaytirish ustida faol ishlamoqdamiz”, deya ta’kidladi Lavrov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Kaspiy bo‘yicha barcha masalalar mintaqadan tashqari kuchlarning salbiy ta’siridan qochgan holda, faqat sohilbo‘yi besh davlat tomonidan konsensus asosida hal qilinishi kerak. “Kaspiy beshligi” Rossiyadan tashqari Eron, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkmanistonni o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0