Rossiya

Ufada Oʻzbekiston madaniyat kunlari boʻlib oʻtdi

© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdistonda xizmat safarida boʻlib turibdi.
TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Boshqirdiston Respublikasida 2 haftalik xizmat safarida boʻlib turibdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat hokimligi, viloyat bandlik boshqarmasi va viloyat Kasaba uyushmalari masʼullaridan iborat delegatsiya Boshqirdistonda oʻtkazilayotgan "Transport va qurilish" xalqaro kongresida ishtirok etmoqda.
© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2022
Ufa shahri
Boshqirdiston Respublikasi transport va yoʻl xoʻjaligi vaziri Aleksandr Bulushev Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, kongresda transport va yoʻl qurilishi sohasidagi soʻnggi yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan.
“Biz Belarus, Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Erondan mingdan ortiq mehmonlarni kutmoqdamiz”, deydi Aleksandr Bulushev.
Safar doirasida Oʻzbekiston tashqi mehnat migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakilligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa shahrida Oʻzbekiston madaniyati kunlari ham tashkil etildi.
Unda sayyohlarga Oʻzbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat obʼektlari haqida video roliklar namoish etildi.
© Qashqadaryo viloyati hokimligi Ufa shahri
Ufa shahri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2022
Ufa shahri
Mazkur tadbirni oʻtkazishdan maqsad xalqlar oʻrtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni oʻzaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat.
Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Boshqirdiston Respublikasi va Nijegorod viloyatidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolar bilan uchrashadi.
Qolaversa, ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0