Jamiyat

Qariyb 1 asr saqlanadigan Buxoro qogʻozi haqida

© Davron Toshev shaxsiy arxividanUsta Davron miniatyura markazi
Usta Davron miniatyura markazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Odamlar olamshumul kashfiyotlar qilish uchun juda murakkab yoʻllarni bosib, qiyin vositalardan foydalanadilar. Ammo oramizda oddiy usullar bilan ham katta mehnat qilib, ulkan kashfiyot qilayotgan noyob isteʼdod egalari bor.
Bulardan biri buxorolik miniatyurist rassom, mohir usta Davron Toshev boʻlib, Buxorodagi “Usta Davron miniatyura markazi”ni ochib, hozirda Buxoro qogʻozini ishlab chiqarmoqda. Sputnik muxbiri usta bilan suhbatlashib, qariyb 1 asr saqlanadigan Buxoro qogʻozi sirlarini soʻradi.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanDavron Toshev
Davron Toshev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Davron Toshev
“Buxoro qogʻozi Samarqand qogʻozi bilan bir vaqtda kashf etilgan. Buxoroda Kobdin arigʻi boʻyida 200 dan tegirmonlar boʻlgan, ana shu tegirmonlardagi ustaxonalarda bu qogʻoz ishlab chiqarila boshlagan. Samarqand qogʻozidan farqi Buxoro qogʻozi juda yupqa holda boʻlib, paxta, eski matolar hamda zigʻir poyasidan tayyorlanadi”, - deydi Davron Toshev.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanUsta Davron miniatyura markazi
Usta Davron miniatyura markazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Usta Davron miniatyura markazi
Buxoro viloyati Buxoro shahrida "Usta Davron miniatyura markazi" 2019 yili qurib bitkazilgan va ishga tushgan. Hozirda 20 nafardan ortiq hunarmandlar va shogirdlar ishlashadi.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanDavron Toshev shogirdlari bilan
Davron Toshev shogirdlari bilan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Davron Toshev shogirdlari bilan
“Bu qogʻoz haqida yoshligimda, taxminan 1989 yillarda otamni doʻsti Mulla buva soʻzlab berganlarida ilk bor eshitganman. U kishi Kobdin qishlogʻida yashaganlar va bu qogʻozni ilk bor tayyorlanganini koʻrgan ekanlar. Oʻsha vaqtlarda tut daraxti poʻstlogʻidan, zigʻir matosi va eski matolardan yasalgan. Odamlar eski-tuski kiyimlarni tashlab yubormasdan yuvib, ustalarga qogʻoz yasashlari uchun berishgan. Eski kiyimlar chiqindilarga tashlanmagan, qayta ishlangan”, - deydi usta.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanUsta Davron miniatyura markazi
Usta Davron miniatyura markazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Usta Davron miniatyura markazi
Ustaxonada bu qogʻozni ishlab chiqarishni tajriba usulida sinaladi. Davron Toshev tarixiy manbalar bilan tanishib chiqib, qogʻoz yasash texnologiyasini toʻliq oʻrganib chiqqan. Shu bilan birga, Frantsiyada mahoratli usta Jak Brijor bilan tanishib, undan koʻp maʼlumotlar olgan.
Ishlab chiqarishda asosan qoʻl mehnatidan foydalaniladi. Bitta qogʻoz varagʻi 32x50 sm oʻlchamda ishlanadi, uning narxi 100 ming soʻmga baholanadi.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanUsta Davron miniatyura markazi
Usta Davron miniatyura markazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Usta Davron miniatyura markazi
“Oddiy qogʻozdan Buxoro qogʻozining farqi, bunda hech qanday kimyoviy usul bilan olinmaydi, faqat tabiiy usul bilan olinadi. Asosiysi, Buxoro qogʻozining saqlanish muddati qariyb 1 asrni tashkil etadi. Mahsulotimizga asosan miniatyurist mutaxassislar qiziqishadi va sayyohlar sotib olishadi. Markazimizga Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Yevropa va boshqa mintaqalardan sayyohlar kelib turishadi”, - deydi Toshev.
Ustaxonada tajriba oʻrganmoqchi boʻlgan qiziquvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qogʻoz yasash texnologiyasining barcha bosqichlari tartib bilan oʻrgatiladi.
“Men kelajakda bu qogʻozdan kitob yaratish niyatim bor. Hozircha asosan miniatyura asarlarda foydalanilyapti”, - deydi usta.
© Davron Toshev shaxsiy arxividanUsta Davron miniatyura markazi
Usta Davron miniatyura markazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Usta Davron miniatyura markazi
Yangiliklar lentasi
0