Sport

Samarqandda yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishLegkaya atletika
Legkaya atletika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ochiq turnirda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyuradi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. 23 sentyabrdan 25 sentyabrgacha Samarqand shahri yengil atletika boʻyicha 4-bor oʻtkazilayotgan Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalqaro musobaqada 11 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Ochiq turnirda ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyuradi.
“Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasi yengil atletika boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatini oʻtkazish uchun tayyorlab qoʻyildi. Sportchilar asosiy yugurish yoʻnalishlaridan tashqari texnik musobaqalarda ham, yaʼni balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka va uch hatlab sakrash, disk, bolgʻa va nayza uloqtirish boʻyicha oʻzaro musobaqalashadi”, - deyiladi xabarda.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari deyarli barcha yoʻnalishlarda ishtirok etishi belgilangan. Musobaqada V Islom birdamligi oʻyinlari gʻoliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suhrob Xoʻjayev, Farida Soliyeva, Nargiza Qoʻchqorova va Roksana Xudoyarova kabi nomdor sportchilarimiz ham oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazadi.
Musobaqaning uchinchi kunida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi kubogi hamda “Save Aral 2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi ham boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0