Axir qo‘shnimiz bilan qanday yomon munosabatda bo‘lish mumkin - Shavkat Mirziyoyev chegara haqida

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti BMT minbaridan turib O‘zbekiston bilan chegara shartnomasi imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Nurafshon shahrida Xalq deputatlari kengashida so‘zlagan nutqida Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegara shartnomasi imzolashga tayyorligini hamda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Tasavvur qilinglar, avval Toshkent viloyatidagi chegaralarimizda minalar turardi. Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim. Hozir bemalol borib-kelishapti.
Xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar minalarni olishda o‘rtaga vositachi bo‘lishni taklif qilishdi, lekin rad qildim. Chunki bunga o‘zimizning ham kuchimiz yetadi. Axir qo‘shnimiz bilan qanday qilib yomon bo‘lishimiz mumkin?!
Mana, kuni-kecha Qirg‘iz respublikasi prezidenti Sadir Japarov BMT minbarida O‘zbekiston chegarasiga oid shartnomani imzolashga tayyorligini ma’lum qilibdi. Bu bejizgamas. Chunki biz 1 yarim yil davomida katta muzokaralar o‘tkazdik, oson bo‘lgani yo‘q. Bir qarich yer ham barcha davlatga muhim. Mustahkam do‘stligimiz uchun oxiri kelishuvga erishdik", — dedi prezident.
Ma’lumot uchun, 21-sentabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasida so‘zga chiqqanida 1991-yil dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin bahsli hududlar va chegara muammolari yuzaga kelganni haqida gapirgan edi. Japarov aytishiga ko‘ra, 1996-yilda Qirg‘iziston XXR bilan, 1999-yilda esa Qozog‘iston bilan davlat chegaralari haqida kelishib olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir esa O‘zbekiston bilan davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolashga tayyor bo‘lgani haqida faxr bilan aytib bergan.
Yangiliklar lentasi
0