Kelasi haftadan kunlar soviy boshlaydi

© unsplash.com/Nodir KhalilovOsen v Tashkente
Osen v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang-to‘zonlar ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Yangi hafta boshida Qoraqalpog‘istonning Usturt platosi va ko‘plab tumanlarida kunduz kuni havo harorati maksimumi +25 darajaga ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 26-sentabr kuni Qoraqalpog‘istonda harorat bir kun oldingi kun haroratiga nisbatan +10...+12 darajaga pasayadi. Chunki, prognozlarda 25-sentabr kuni shimolda harorat maksimumi +37 daraja issiq bo‘lishi ko‘rsatilgan.

“Mazkur ob-havo prognozi O‘zbekistonga hafta boshidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimi kirib kelayotganini anglatadi. Shimoli-g‘arbiy sovuq oqim hozirgi mavsumda respublikaga yog‘ingarchilik olib kelmaydi, hisob”, - deydi mutaxassis.

Tog‘lar, ayrim tog‘ oldi hamda sharqiy viloyatlarni (mazkur hududlarda ham ko‘p yog‘in bo‘lmaydi) hisobga olmaganda, respublika katta qismida kelayotgan hafta yog‘ingarchiliksiz o‘tishi mumkin.
Prognozga ko‘ra, sovuq havo oqimini respublikaga kirib kelish bosqichida joylarda kuchli shamol va chang to‘zonlar ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0