Dunyoda

Putin shunchaki vahima qilayotgani yoʻq – Vuchich

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishPrezident Serbii Aleksandr Vuchich, arxivnoye foto
Prezident Serbii Aleksandr Vuchich, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Serbiya prezidenti: Biz tinchlik qaror topishiga va hamma murosali yechim topish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishiga umid qilamiz.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Vladimir Putinning Rossiyaga nisbatan jiddiy tahdid yuzaga kelganda, har qanday yoʻl bilan Vatanni himoya qilishga tayyorligi haqidagi gaplari shunchaki vahima emas, dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich.
Serbiya rahbari ayni damda BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkda boʻlib turibdi.
Jurnalistlar Vuchichdan u Rossiya prezidenti Putin bilan bir necha bor uchrashganligi sababli, Putinning Rossiyani NATO va Gʻarbning yadroviy tahdididan himoya qilish uchun barcha mavjud yoʻq qilish vositalaridan foydalanishga tayyorligi haqidagi bayonotini uydirma deb hisoblash yoki hisoblamasligi haqida soʻrashgan.

“Serbiya prezidenti sifatida shuni aytishim mumkinki, biz tinchlik boʻlishiga va tomonlar murosali yechim topish uchun qoʻlidan kelganini hamma narsani qilishiga umid qilamiz, chunki bu boshqa tomon yutqazishini kutishdan koʻra yaxshiroq. Men prezident Putin bilan koʻp marta uchrashganim sababli u shunchaki vahima qilyapti deb oʻylamayman”, - deb javob berdi Serbiya rahbari.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21 sentyabr kuni aholiga murojaat qildi. Unda prezident Rossiyaga soʻnggi vaqtlarda paydo boʻlayotgan tahdidlarga qatʼiy javob berishga tayyor ekanini yana bir bor taʼkidladi.
"Shuni eslatib qoʻymoqchiman Bizning mamlakatda ham turli zarba beruvchi qurollar bor, ayrim turlari boʻyicha NATO davlatlarinikidan ham zamonaviyroq. Mamlakatimizning hududiy yaxlitligiga Tahdid paydo boʻlganda, Rossiyani va xalqimizni himoya qilish uchun, biz, shubhasiz, qoʻlimizda bor boʻlgan barcha qurollardan foydalanamiz. Bu shunchaki qoʻrqitish emas. Rossiya fuqarolari xotirjam boʻlishlari mumkin, Vatanimizning hududiy yaxlitligi, Bizning mustaqilligimiz va erkinligimiz - taʼminlanadi!", - degan edi Vladimir Putin.
Yangiliklar lentasi
0