Rossiyalik balet artisti Andris Liyepa Davlat akademik katta teatridan ketdi

© Foto : Yuriy PolyanskiyAndris Liyepa
Andris Liyepa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Andris Liyepa 2019-yil yanvar oyidan buyon Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrning balet truppasiga rahbarlik qilgan edi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya xalq artisti Andris Liyepa endi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida ishlamaydi. Bu xabarni Sputnik muxbiriga teatr direktori Ramiz Usmonov tasdiqladi.

“To‘g‘ri, Andris Liyepa o‘z xohishi bilan teatr bilan shartnomani bekor qilib, O‘zbekistonni tark etdi”, - dedi Ramiz Usmonov.

Andris Liyepa 2019-yil yanvar oyidan buyon Katta teatrning balet truppasiga rahbarlik qilgan edi.
Liyepa Sergey Diagilevning mashhur "Russkie sezoni" ("Rus mavsumlari") asaridan bir nechta klassik balet spektakllarini sahnalashtirgan. Bular "Shaxerezada" ("Shahrizoda), "Jar-ptitsa" ("Qaqnus") va "Karmen-suita". Ular tomoshabinlar orasida eng eng kassabop va talabga ega bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0