Shaftoli eksporti oshdi. Asosiy xaridor – Rossiya

© Sputnik / Sergei Pyatakov  / Mediabankka o‘tishProdaja fruktov na rinke v Tashkente
Prodaja fruktov na rinke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln dollarga teng bo‘lgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan. 2022-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftolini Rossiyaga (62,9 ming tonna) eksport qilgan.
Ko‘rib chiqilgan davr mobaynida Qirg‘iziston 6,1 ming tonna, Qozog‘iston 4,5 ming tonna shaftolini O‘zbekistondan sotib olgan.
Shuningdek, o‘zbek shaftolilarini Turkmaniston (471 tonna) va Belarus (261 tonna) ham sotib olgan.
2022 yilning 8 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:
Farg‘ona viloyati – 42,2 ming tonna;
Samarqand viloyati – 6,2 ming tonna;
Toshkent viloyati – 6 ming tonna;
Xorazm viloyati – 5,3 ming tonna.
Yangiliklar lentasi
0