Farg‘ona va Arxangelsk ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tmoqda

© Farg‘ona politexnika institutiFarg‘ona shahri
Farg‘ona shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Shimoliy (Arktika) Federal universiteti delegatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishdi – tafsilotlar.
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Arxangelsk shahrida joylashgan M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universiteti delegatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyatga tashkrif buyurdi. Bu haqida Shimoliy (Arktika) Federal universiteti vakili Polina Golomidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Polina Golomidovaning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘ona shahar hokimligi va Qalb Nuri nodavlat tashkiloti ko‘magida Farg‘ona politexnika instituti, Farg‘ona shahar pedagogik kadrlar va maktablar malakasini oshirish instituti va 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan bir qator kelishuvlarga erishildi.
© Farg‘ona politexnika institutiFarg‘ona shahri
Farg‘ona shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Farg‘ona shahri
“Tashrif doirasida qo‘shma loyihalar, jumladan, talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik mobillik, Farg‘ona politexnika universiteti bilan qurilish, muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, malaka oshirish instituti hamkasblari uchun stajirovka imkoniyatlari ko‘rib chiqildi”, deydi Polina Golomidova.
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
© Farg‘ona politexnika institutiFarg‘ona shahri
Farg‘ona shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Farg‘ona shahri
Farg‘ona shahar hokimligi
Farg‘ona shahar hokimligining boshqaruv xodimlari uchun o‘quv treninglar o‘tkazish maqsadida hamkorlik memorandumi va yo‘l xaritasini tayyorlash va imzolashga kelishib olindi. Unga ko‘ra, hokimlikdagi yosh boshqaruvchilar munitsipal boshqaruv va IT lingvistikasiga o‘qitiladi.
Shuningdek, “Farg‘ona Azot” korxonasi bilan aloqa o‘rnatish ham ko‘zda tutilmoqda.
Farg‘ona shahar pedagogik kadrlar va maktablar malakasini oshirish instituti
Institut bazasida rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha yuzma-yuz o‘quv seminarlar o‘tkaziladi. Shuningdek, rus tilini chet tili va aniq fanlar sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha keyingi kasb-hunar ta’limi dasturlari amalga oshiriladi.
Institutga bakalavr, magistratura va aspirantura darajasida eksperemental psixologiya, ijtimoiy ish, maxsus (defektologiya ta’limi) bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ko‘maklashiladi.
Maktabda destruktiv xatti-harakatlarning oldini olish bo‘yicha amaliyotchi psixologlarning tajriba almashishi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Qolaversa, ikki mamlakat hududida robototexnika, IT va mediastudiyalarni o‘qitish bo‘yicha tajriba almashiladi.
24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Arktika kelajagi” olimpiadasi va “IT sohasida yo‘lni top” onlayn/oflayn maktabini o‘tkazishga kelishib olindi.
Farg‘ona politexnika instituti
Ikki mamlakat oliy ta’lim dargoxlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolanadi. Xususan, yer tuzish va kadastr, avtomatlashtirish, kimoviy texnologiyalar, standartlashtirish va metrologiya yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik formatlarini aniqlash bo‘yicha onlayn uchrashuv, yo‘l xaritasi tuzishga kelishildi.
Qalb Nuri nodavlat tashkiloti
Bakalavr, magistratura va aspirantura darajasida eksperemental psixologiya, ijtimoiy ish, maxsus (defektologik ta’lim) bo‘yicha kadrlar tayyorlash hamda maktabda destruktiv xatti-harakatlarni oldini olish bo‘yicha amaliyotchi psixologlarning tajriba almashishga kelishib olindi.
© Farg‘ona politexnika institutiFarg‘ona shahri
Farg‘ona shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Farg‘ona shahri
Ma’lumot uchun, hozirda M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universitetida Farg‘ona viloyatidan kelgan 450 nafar talaba muhandislik va qurilish mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olmoqda.
Universitet Yevropa shimolidagi yirik ilmiy va ta’lim markazi, Rossiya Federatsiyasining 10 ta federal universitetlaridan biri bo‘lib, Rossiyaning yetakchi universitetlari assotsiatsiyasi a’zosi hisoblanadi.
Universitet texnik, tabiiy fanlar, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 350 dan ortiq ta’lim dasturlari va 70 dan ortiq xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0