Iqtisod

“Korobka” uylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat berildi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novыx domov v Moskve
Stroitelstvo novыx domov v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Subsidiya asosida olingan uy-joy krediti uchun yoʻnaltirilgan mablagʻdan daromad soligʻi olinmaydi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. 2023 yil 1 yanvardan uy-joy uchun subsidiya berilgan fuqarolarning ipoteka kreditlari va ularning foizlari uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻiga tortilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning 377-son qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, mazkur imtiyoz qarz oluvchi va birga qarz oluvchilar daromadining bir soliq davrida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 80 baravaridan oshmagan qismiga tatbiq etiladi.
2023 yildan ipoteka kreditiga olingan mol-mulk olingan sanadan 36 oyda qayta sotilsa, kredit va foizlar uchun yoʻnaltirilgan daromad soliqqa tortiladi.
2022 yil 1 noyabrdan “korobka” holatdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari hamda subsidiya ajratishga ruxsat beriladi.
Qaror bilan 2021 yilda berilgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi.
“Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJga banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun 3 yil muddatga 12 foiz stavkada va foiz toʻlovlarini har 6 oyda toʻlash sharti bilan 300 mlrd soʻmgacha byudjet ssudasi ajratiladi.
Uy-joylar va ipoteka kredit olishda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0