Jamiyat

Ohangaronda arxeologik topilmalarga boy oʻrta asr inshooti aniqlandi

© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Arxeologlarning fikricha, aniqlangan topilmalar mazkur hududda bir vaqtlar shishasozlik yuksak darajaga yetganligidan darak bermoqda.
TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Suyurlitepa yodgorligida olib borlgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ilk oʻrta asrlarga oid monumental inshoot oʻrni aniqlandi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, qazishmalar 20x20 metr oʻlchamli maydonda amalga oshirildi.

“Bino 3 qavatli paxsa bloklaridan iborat platformaning ust qismida koʻtarilgan. Uning tom qismi arkasimon qilib yopilgan. Inshootning aynan qanday vazifani bajarganligi haqida tugal xulosaga kelinganligi yoʻq. Tadqiqotlar yakunida yakuniy xulosalar beriladi”, deydi Tarix instituti tayanch doktoranti Ubaydulla Ismoilov.

Tadqiqotlar natijasida, rivojlangan oʻrta asrlarga kelganda binodan boshqa maqsadlarda foydalanganligi qayd etildi. Inshoot markaziy xona va unga tutashtirilgan yordamchi xonalardan iborat qilib qurilgan. Unga yana bir qancha xoʻjalik xonalari keyingi davrlarda qoʻshilgan.
Qazishma maydonida jami 10 ga yaqin xonalar ochib oʻrganildi.
© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Suyurlitepa yodgorligi
Arxeologik qazishmalar natijasida bu yerdan Turk xoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Moʻgʻullar bosqini davriga oid boy ashyolar, tangalar, sopol idishlar, kamon oʻqining uchlari, shisha idishlar, turli xil taqinchoqlar, suyakdan qilingan taroqlar va boshqa koʻplab tarixiy buyumlar topildi.
Xonalardan paxsa blokli platformani oʻyib ochilgan jami 5 ta xoʻjalik oʻralari aniqlandi. Oʻralardan bittasi toʻgʻri toʻrtburchak, qolganlari esa aylana shaklga ega.
Ulardan 20 turdagi shisha idishlar, xususan, shisha laganlar, vazalar, bakallar va tabiblar tomonidan giyoh solish uchun ishlatilganligi talqin qilinayotgan kichik, nozik koʻrinishga ega shisha idishlar topildi.
“Bunday turli-tuman shisha idishlarning topilishi bu hududlarda bir vaqtlar shishasozlik yuksak darajaga yetganligining isbotidir”, deyiladi xabarda.
© Fanlar akademiyasi Somoniylar davrida oid noyob laganlar
Somoniylar davrida oid noyob laganlar  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Somoniylar davrida oid noyob laganlar
Oʻralardan birida Somoniylar davrida oid (X asr) noyob laganlar ham topildi. Ularning sirtiga oq rang berilib, sirlangan. Laganlardan birida arab alifbosining kufiy xatida soʻzlar yozilgan.
Laganlardan birida xumo qushiga oʻxshab ketadigan qush tasvirlangan boʻlib, u tumshugʻida gul tutib olgan. Ikkala lagan ham somoniylar davrining nodir namunalaridan hisoblanadi.
Shaharning ichki yoʻllarini aniqlash maqsadida 7 ta nuqtada transheyalar (eni 1 m, uzunligi 5-14 m.lik chuqurlar) tashlandi va shaharning baʼzi ichki yoʻllarining oʻrniga aniqlik kiritildi.
© Fanlar akademiyasi Suyurlitepa yodgorligi
Suyurlitepa yodgorligi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2022
Suyurlitepa yodgorligi
Yodgorlikda arxeologik tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Suyurlitepa yodgorligi Olmaliq shahrini Angren shahri bilan bogʻlovchi avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0