Norov: birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli MOda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi

© Press-slujba MID UzbekistanaVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston dunyo hamjamiyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro yaqinlashuv va hamkorlik jarayonlarini, mintaqaning global iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalashuvini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirmoqda
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidladi.
Vazir O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazila boshlangan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mexanizmi mintaqaviy hamkorlikdagi yangi davrining yorqin timsoliga aylanganini ta’kidladi.
Joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan maslahat yig‘ilishida XXI asrdaasrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo‘lidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy shartnoma qabul qilindi.
Norovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro yaqinlashuv va hamkorlik jarayonlarini, mintaqaning global iqtisodiy va transport aloqalariga integratsiyalashuvini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirmoqda.
Vazir joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida BMT bosh kotibi ko‘magida o‘tkazilgan BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya sermahsul bo‘lganini qayd etdi.
“Forum natijalarini inobatga olgan holda, biz Global strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish va yangilangan qo‘shma harakatlar rejasining bajarilishini doimiy monitoring qilish maqsadida Markaziy Osiyoda BMT Aksilterror boshqarmasining mintaqaviy ofisini ochishni taklif qilamiz, - dedi Norov.
Yangiliklar lentasi
0