Erdog‘an Putin va Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Turkiya TIV rahbari muzokaralar telefon orqali yoki yuzma-yuz bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

“Janob prezidentimiz Putin va Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bizning sa’y-harakatlarimiz ularning uchrashuvini tashkil etishga qaratilgan”, - dedi Chavusho‘g‘li Tokiodagi Yaponiya Milliy matbuot klubida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, Turkiya TIV rahbari muzokaralar telefon orqali yoki yuzma-yuz bo‘lishiga aniqlik kiritmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi inqirozni imkon qadar tezroq tugatishga intilayotganini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0