Iqtisod

Prezident elektrotexnikaning yana 3-4 ta yangi brendini yaratishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa olgan xolos.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika sanoatidagi istiqbolli yoʻnalishlar hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, oxirgi 5 yilda elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish - 4,5 baravarga (4 trilliondan 17 trillion soʻmga), eksport – 5 baravarga (117 milliondan 563 million dollarga) oshdi. Yil yakunigacha eksport 750 million dollardan oshishi kutilmoqda. Bugungi kunda sohada 1 milliard 200 million dollarlik 205 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Tarmoqda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni 2 baravarga, eksportni yanada oshirish reja qilingan.
Prezident tarmoqdagi oʻz yechimini kutayotgan dolzarb masalalarni koʻrsatib oʻtdi.
Jahon bozorlaridagi vaziyat ikki yilda eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, ichki bozorda ham 1 milliard 300 million dollarlik import bozori bor.
Bundan tashqari, ichki va atrofdagi bozorlarda yarim oʻtkazgich va elektron platalarga talab 6 milliard dollarni tashkil etadi.
Masalan, elektromobil sanoati uchun zarur litiy-temir-fosfatli batareyalar ishlab chiqarishga barcha xom-ashyo zaxirasi mavjud.
Bugungi kunda eksport bozoriga bitta-ikkita mahalliy brend chiqa oldi, xolos. Eksportning 80 foizi shu brendlarga toʻgʻri kelmoqda. Eksportni 1,5 milliard dollarga olib chiqish uchun esa kamida 3-4 ta yangi brend yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda kelgusi uch yilda misni chuqur qayta ishlashni kamida 2 baravarga oshirish zarurligi qayd etildi.
Ohangarondagi mis klasterining boshqaruv tizimini takomillashtirish, xorijiy boshqaruvni yoʻlga qoʻyib, chuqur qayta ishlash loyihalari, ilm va innovatsiyani olib kirish muhimligi taʼkidlandi.
Yangiliklar lentasi
0