Shaxmat: eshitishida nuqsoni bor o‘zbekistonlik sportchilar JChda sovrindor bo‘lishdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida mamlakat sharafini 9 nafar sportchi himoya qildi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmat bo‘yicha eshitishida nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi kumush medali bilan faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Chempionat 14-24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Jamoaviy Jahon chempionatida mamlakat sharafini 9 nafar sportchi himoya qildi.
Sportchilar ro‘yxati:
Sirojiddin Zayniddinov;
Sardorbek Mamarajabov;
Abdug‘affor Odilboyev;
Hojiakbar Saidmuradov;
Sobirjon Saidov;
Marsel Shoyusupov;
Kamronbek Davronbekov;
Abdulaziz Bahodirov;
Azamat Shoniyozov (zaxira).
© Sportni rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2022
O‘zbekiston terma jamoasi
Sportchilar Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Yangiliklar lentasi
0