Kosonsoyda noyob kitoblar jamlanmasi topildi

© Madaniy meros agentligi XIV - XX asrlarga oid qo‘lozma va toshbosma kitoblar
XIV - XX asrlarga oid qo‘lozma va toshbosma kitoblar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Kitoblar bosmaxonalarda inqilobgacha bo‘lgan davrda chop etilgan.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan noyob kitoblar jamlanmasi topildi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Kosonsoy tarix muzeyiga uzunqishloqlik fuqaro islom tarixi, fiqh, mantiq, adabiyot, hadis, hadis sharhiga oid kitobar jamlanmasini taqdim etgan.
Ular orasida XIV - XX asrlarga oid qo‘lozma va toshbosma kitoblar mavjud.
"Tuhfatul obidin va insol oshiqin"
"Al Abrori jon", "Marotil muaqqadin" (turkiy hadislar to‘plami)
"G‘azal kitobi" (Fazliy Namangoniy)
"Risolai marg‘ub" (masala kitobi)
"Miftohi Yunon", "Qissai Ibrohim Adham", "Qissasul Anbiyo"
Ushbu kitoblarning aksari Namangandagi Matbai Ishoqiya va Toshkentdagi G‘ulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha bo‘lgan davrda chop etilgan.
Yangiliklar lentasi
0