Dunyoda

Armanistonni Rossiyaga qarshi shaylash yaxshilikka olib kelmaydi - Korcharyan

© Vladimir VyatkinGosudarstvennыy flag Rossiyskoy Federatsii
Gosudarstvennыy flag Rossiyskoy Federatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kocharyan: Dunyo oʻzgaradi, koʻp narsa oʻzgaradi, lekin baribir Rossiya bizning strategik hamkorimiz boʻlib qoladi.
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Armanistonning sobiq prezidenti Robert Kocharyanning fikricha, mamlakatda Rossiyaga qarshi kayfiyatni shakllantirishga urinishlar yaxshilikka olib kelmaydi.
“Bu tendentsiya hech qanday yaxshilikka olib kelmaydi. Dunyo oʻzgaradi, koʻp narsa oʻzgaradi, lekin baribir Rossiya bizning strategik hamkorimiz boʻlib qoladi”, dedi Kocharyan Yerevanda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
Sobiq prezident, shuningdek, Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyani zaiflashtirishga urinishlar Armaniston manfaatlariga toʻgʻri kelmasligini qoʻshimcha qildi.
U, shuningdek, KXSHTga aʼzolik Armanistonning uchinchi davlatlardan qurol sotib olishiga toʻsqinlik qiladi, degan daʼvolarni rad etdi.
“Biz KXSHTga aʼzo boʻlgan holda Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Xitoy va boshqa joylardan qurol sotib oldik. Bu muammo emas”, dedi Kocharyan.
Yangiliklar lentasi
0