Farg‘ona va Namanganda rus tili o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi

© Russkiy dom v TashkenteMahorat darslari
Mahorat darslari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Darslar davomida maktab o‘quvchilarining axborotni to‘laqonli idrok etishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish va nutq faoliyatining barcha turlaridan foydalangan holda dars o‘tish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Farg‘ona va Namanganda ta’lim beruvchi rus tili o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi. Bu haqida Rossotrudnichestvo xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Rossotrudnichestvo” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rus tili bo‘yicha ta’lim dasturlari koordinatori Irina Suljina ishtirokida Namangan va Farg‘onada "Nota terra" rus tili chet tili sifatida loyihasi doirasida mahorat darslari olib borildi.
Toshkentdagi "Russkiy dom" tashabbusi bilan ochilgan “Nota terra” maktabining birinchi darslariga 100 dan ortiq rus tili chet tili o‘qituvchilari qamrab olindi.

“Farg‘ona vodiysi o‘qituvchilari maktab o‘quvchilarining axborotni to‘laqonli idrok etishi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish va nutq faoliyatining barcha 4 turi: gapirish, o‘qish, tinglash va yozishdan foydalangan holda o‘quvchilar mehnatini samarali tashkil etishni o‘rganishdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, o‘qituvchilar darslar davomida insho matni bilan ishlashni o‘rganish bilan birgalikda, o‘quv jarayonida tinglashni faollashtirish usullarini ishlab chiqishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy (Arktika) Federal universiteti delegatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishgandi.
Yangiliklar lentasi
0