https://oz.sputniknews-uz.com/20220928/moskvadagi-mashhur-muzeyda-ozbek-tilida-ekskursiyalar-tashkil-etiladi-28610482.html
Moskvadagi mashhur muzeyda oʻzbek tilida ekskursiyalar tashkil etiladi
Moskvadagi mashhur muzeyda oʻzbek tilida ekskursiyalar tashkil etiladi
"Tsaritsыno" saroyi 1776 yilda Yekaterina II buyrugʻi bilan qurilgan. Muzey va park hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan. 28.09.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-09-28T18:07+0500
2022-09-28T18:07+0500
2022-09-28T18:07+0500
rossiya
muzey
oʻzbek tili
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/09/1c/28609452_0:286:3131:2047_1920x0_80_0_0_24641149137e94b7c70c52a4e8b8d4eb.jpg
TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiyaning “Tsaritsыno” muzey-qoʻriqxonasi 2023 yilning fevral oyidan boshlab oʻzbek, arman va qirgʻiz tillarida ekskursiyalarni yoʻlga qoʻyish rejasini eʼlon qildi. Bu haqida Sputnik muxbiriga muzeyda maʼlum qilindi.Sovet respublikalari xalq hunarmandlarining 800ta ishidan iborat "V poiskax narodnogo" koʻrgazmasi doirasida ekskursiya oʻtkazilishi mumkin.Ekspozitsiya Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz, Belorus, Moldova, Ukraina va Boltiqboʻyi mamlakatlari hududida 1960-1980 yillardagi sanʼat haqida hikoya qiladi."Tsaritsыno" - Moskva janubidagi saroy va park ansambli boʻlib u 1776 yilda imperator Yekaterina II buyrugʻi bilan qurilgan. Muzey qoʻriqxona hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan. "Tsaritsыno" - arxitektura uslubi "rus gotikasi" deb ataladi. Uni oʻz davrining eng mashhur meʼmorlari Vasiliy Bajenov va Matvey Kazakov lar 20 yil davomida imperator qarorgohi sifatida qurishgan. "Tsaritsыno" - XVIII asrda yaratilgan Yevropadagi eng yirik gotik bino va ushbu uslubda yaratilgan yagona saroy majmuasi hisoblanadi. Saroy va park ansamblining xususiyatlari koʻp jihatdan rus meʼmorchiligida yangi yoʻnalishni belgilab berdi. Saroy qurilganidan 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Rossiya imperiyasining turli qismlarida ushbu uslub taʼsirida yaratilgan koʻplab binolar paydo boʻlgan.
rossiya
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/09/1c/28609452_346:0:3075:2047_1920x0_80_0_0_fe0fc4b1c6cd363b13256d4ddebde77f.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
muzey, oʻzbek tili
Moskvadagi mashhur muzeyda oʻzbek tilida ekskursiyalar tashkil etiladi
"Tsaritsыno" saroyi 1776 yilda Yekaterina II buyrugʻi bilan qurilgan. Muzey va park hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan.
TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Rossiyaning “Tsaritsыno” muzey-qoʻriqxonasi 2023 yilning fevral oyidan boshlab oʻzbek, arman va qirgʻiz tillarida ekskursiyalarni yoʻlga qoʻyish rejasini eʼlon qildi. Bu haqida Sputnik muxbiriga muzeyda maʼlum qilindi.
Sovet respublikalari xalq hunarmandlarining 800ta ishidan iborat "V poiskax narodnogo" koʻrgazmasi doirasida ekskursiya oʻtkazilishi mumkin.
Ekspozitsiya Markaziy Osiyo, Rossiya, Kavkaz, Belorus, Moldova, Ukraina va Boltiqboʻyi mamlakatlari hududida 1960-1980 yillardagi sanʼat haqida hikoya qiladi.
“Ushbu ekskursiyalarning maqsadi - soʻzning keng maʼnosi inklyuzivlikdir. "Tsaritsыno” oʻz auditoriyasini kengaytirishga intiladi", deyiladi muzey matbuot xizmati xabarida.
"Tsaritsыno" - Moskva janubidagi saroy va park ansambli boʻlib u 1776 yilda imperator Yekaterina II buyrugʻi bilan qurilgan. Muzey qoʻriqxona hududi 100 gektardan ortiq maydonni egallagan.
"Tsaritsыno" - arxitektura uslubi "rus gotikasi" deb ataladi. Uni oʻz davrining eng mashhur meʼmorlari Vasiliy Bajenov va Matvey Kazakov lar 20 yil davomida imperator qarorgohi sifatida qurishgan.
"Tsaritsыno" - XVIII asrda yaratilgan Yevropadagi eng yirik gotik bino va ushbu uslubda yaratilgan yagona saroy majmuasi hisoblanadi. Saroy va park ansamblining xususiyatlari koʻp jihatdan rus meʼmorchiligida yangi yoʻnalishni belgilab berdi. Saroy qurilganidan 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Rossiya imperiyasining turli qismlarida ushbu uslub taʼsirida yaratilgan koʻplab binolar paydo boʻlgan.