Senator va deputatlar MDH medallari bilan taqdirlandi

© Oliy Majlis SenatiMDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Taqdirlash marosimida MDH Parlamentlararo Assambleyasi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy ishtirok etdi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi tuzilganligining 30-yilligi munosabati bilan senatorlar, deputatlar hamda vazirlik va idoralar vakillariga yubiley medallari va esdalik nishonlari topshirildi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Taqdirlash marosimida MDH Parlamentlararo Assambleyasi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy ham ishtirok etdi.
© Oliy Majlis SenatiMDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
MDH Parlamentlararo Assambleyasi
Senat Raisi Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘ra, Assambleya MDH hududida demokratik jarayonlar va parlamentarizmni hamda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
© Oliy Majlis SenatiMDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
MDH Parlamentlararo Assambleyasi
“Ushbu medal parlamentarizmni rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi faoliyatining huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish, xalqaro munosabatlar va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun beriladi”, deyiladi MDH Parlamentlararo Assambleyasi xabarida.
© Oliy Majlis SenatiMDH Parlamentlararo Assambleyasi
MDH Parlamentlararo Assambleyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
MDH Parlamentlararo Assambleyasi
Ma’lumot uchun, 1992-yilning 27-mart kuni Olma-ota shahrida ishtirokchi davlatlar parlament rahbarlari – ta’sischilar tomonidan imzolangan kelishuvga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlar Parlamentlarararo Assambleyasiga asos solingan. O‘zbekiston parlamenti a’zolari MDH Parlamentlararo Assambleyasining turli masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalari a’zolari sifatida ham faoliyat olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, MDH PA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0