Iqtisod

Turkiya banklari AQSH bosimi ostida – Kreml

© © RIA Novosti / Aleksey Danichev/Pereyti v mediabankKrasnaya ploщad
Krasnaya ploщad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Peskovning aytishicha, Turkiya banklari AQShning misli koʻrilmagan bosimi tufayli “Mir” toʻlov tizimidan voz kechgan.
TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. KremlTurkiya davlat banklari Rossiyaning “Mir” toʻlov tizimidan foydalanishni toʻxtatishiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatga misli koʻrilmagan bosimi va ikkilamchi sanktsiyalar tahdidi tufayli majbur boʻlgan, deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Koʻrinib turibdiki, banklar va xoʻjalik operatorlari Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan eng kuchli bosim ostida, ular bank tizimi uchun ikkilamchi sanktsiyalar bilan tahdid qilishmoqda, bu qaror, albatta, misli koʻrilmagan bosim ostida qabul qilingan, vaziyat murakkab. Va, albatta, savdo-iqtisodiy hamkorligimizga ziyon yetkazmaslik va har yili Turkiyaga tashrif buyuradigan koʻp millionli rossiyalik sayyohlarimizni qulay sharoitlardan mahrum qilmaslik uchun bu bosimga qarshi kurashish yoʻllarini birgalikda izlashimiz kerak”, - dedi Peskov.
Avvalroq, “Bloomberg” turkiyalik yuqori martabali mulozimga tayangan holda Turkiya davlat banklari “Halkbank”, “Ziraat Bank” va“VakıfBank” “Mir” tizimidan foydalanishni toʻxtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.
Qayd etilishicha,turk banklarining bunday rejalari “AQShning ikkilamchi sanktsiyalari mamlakatlarni Moskvadan uzoqlashishga majbur qilayotganiga” misoldir.
Yangiliklar lentasi
0