Bayram kunlari “Afrosiyob”ning qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

CC BY-SA 4.0 / rolly / Djizakskaya oblast, peregon Djizak — razyezd 13Djizakskaya oblast, peregon Djizak — razyezd 13
Djizakskaya oblast, peregon Djizak — razyezd 13 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Shanba va yakshanba kunlari "Afrosiyob" poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. 1-2-oktabr kunlari "Afrosiyob" poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1-oktabr — Ustoz va murabiylar kuni munosabati bilan shanba hamda yakshanba kunlari "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
"Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi jadvali:
Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida 91 nafar soha xodimini taqdirlagani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0