Bolalar va o‘smirlar uchun foydali axborotlar jamlangan yangi platforma ishga tushirildi

© Depositphotos.com / DmitrimarutaSemya s internet zavisimostyu
Semya s internet zavisimostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Platforma o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda uning kontentini boyitish ustida ish olib borilmoqda.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bolalar va o‘smirlar sog‘ligi hamda ongi uchun foydali axborotlar jamlangan yangi platforma yaratildi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan o‘smirlarning faol hayot kechirishi, bilim olishiga ko‘maklashish va internetda xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida xabar berildi.
Aytilishicha, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, hukumat idoralari va mobil aloqa operatori bilan hamkorlikda “Yaxshi narsalar interneti” deb nomlangan yangi platforma ishlab chiqildi.
“Ayni paytda internetdagi zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi juda ko‘p ma’lumotlar aldov va g‘araz maqsadlarda tarqatilmoqda. Bu esa yoshlar sog‘ligi va ongiga salbiy ta’sir etishi aniq. O‘ylaymanki, ushbu yangi platforma bolalar, o‘smirlar, ota-onalarning sifatli, xavfsiz, xolis va foydali axborotdan erkin foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega”, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Ubaydullayeva.
Mazkur dastur “Sog‘liqni saqlash”, “Ruhiy salomatlik”, “Ta’lim”, “Inson huquqlari”, “Yo‘l harakati xavfsizligi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha zarur tushunchalarni o‘z ichiga olgan.
© SputnikYangi platforma
Yangi platforma  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Yangi platforma
Ushbu loyiha internetdan foydalanish imkoniyati cheklangan, bunga sharoiti yo‘q aholi qatlami uchun ham mo‘ljallangan. Eng asosiysi, undan foydalanish mutlaqo bepul.
Platforma o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda uning kontentini boyitish ustida ish olib borilmoqda.
© SputnikYangi platforma
Yangi platforma  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Yangi platforma
Yangiliklar lentasi
0