Eron Rossiyaga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan avtomobillarni ma’lum qildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovFlag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Eron Moskva bilan og‘ir transport vositalari sohasida ham hamkorlik qilishi mumkin.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Eron tomoni Rossiyaga “Tara” va “Shahin” nomli ikkita avtomobil modelini eksport qilishi mumkin. Bu haqda Eron ehtiyot qismlar assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Najafi Manesh RIA Novostiga ma’lum qildi.
Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Albert Karimovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Eron avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiya avtomobil bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda va vazirlik, o‘z navbatida, hamkorlikka tayyor.

“Bular Moskva ko‘rgazmasida namoyish etilgan “Tara” va “Shahin” avtomobillari”, - dedi Manesh.

U Moskva bilan og‘ir transport vositalari sohasida ham hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ta’kidladi.
Maneshning so‘zlariga ko‘ra, Eron avtomobillari ob-havo sharoiti bilan bog‘liq maxsus sinovlardan o‘tmoqda. Shu bois, uning so‘zlariga ko‘ra, Eronda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiya hududida 25 darajagacha bo‘lgan past haroratga bardosh bera oladi.
Yangiliklar lentasi
0