Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida 91 nafar soha xodimini taqdirladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida 91 nafar soha xodimini taqdirladi. Tegishli farmon matnini prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
Farmonga muvofiq, Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi Mustofoyev Jumanazar Safoyevich hamda Marhamat tumanidagi 47-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Shamsidinov Abduqodir Umarovich "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya va biologiya fanlari o‘qituvchisi Mamadaliyev Isomiddin Imomaliyevich hamda O‘rta Chirchiq tumanidagi 124-imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktab-internati tarbiyachisi Eshankulov Baxodir Axmadaliyevich "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 49-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Bogdasarova Tatyana Mixaylovna, Guliston tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi Uralov Abduvali Turgunovich va O‘zbekiston Milliy universitetining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi professori Formanov Shakir Kasimovich esa "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoniga loyiq ko‘rildi.
Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Baytemirov Asadulla Xaitboyevich hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori To‘xliyev Nurislom "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, 13 nafar pedagog "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, 21 nafar o‘qituvchi II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan, 16 nafar soha xodimi "Do‘stlik" ordeni bilan hamda yana 32 nafar o‘qituvchi va murabbiy "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Yangiliklar lentasi
0