Samarqandda ikki qavatli sayyohlik avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi

© Samarqand viloyati hokimligiSamarqand shahri
Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Avtobuslar har kuni Amir Temur maqbarasidan “Buyuk ipak yo‘li” turistik markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanadi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugundan boshlab Samarqand shahrida ikki qavatli sayyohlik avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, Samarqand shahri mehmonlari va aholisi London ramziga aylangan ikki qavatli avtobuslarida ekskursiya qilishlari mumkin.
Avtobuslar har kuni Amir Temur maqbarasidan “Buyuk ipak yo‘li” turistik markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakatlanadi.
Avtobus harakati 10.00 dan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0