Serjilo, sehrnok: Toshkentda xon atlas festivali qanday o‘tdi – foto, video

Obuna bo‘lish
Festival yoshlar o‘rtasida atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, ipakchi hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sayyohlarni u bilan tanishtirish maqsadida tashkil qilingan.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. “Tashkent city”da yorqin ranglarga boy xon atlas festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Unda o‘zbek milliy xon atlas liboslarini kiygan qizlar ishtirokida karnay va doira sadolari ostida maxsus parad tashkil etildi.
Festival hozirda milliy uslubni yaratishda faol bo‘lgan malakali dizaynerlar, mahoratli hunarmandlar va tikuvchilar san’atini namoyon etish uchun tashkil qilindi.
“Xon atlas milliy liboslari bizni jahonga tanitadi. Ayniqsa O‘zbekistonga kelgan sayyohlarga milliy uslublar juda yoqadi. Bugungi festival har yili katta ko‘lamda o‘tkazilsa, nufuzi ham ortadi” - dedi ishtirokchi Lola G‘ofurova.
100 ga yaqin ishtirokchilarni qamrab olgan festivalda mahalliy aholi, xorijiy sayyohlar va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi. Milliy ohanglar sadosi ostida paradlar, lazer shou, milliy taqinchoqlar va xon atlas to‘plamlari namoyish etildi.
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
1/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
2/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
3/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
4/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
5/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
6/7
© Sputnik
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston
7/7
Yangiliklar lentasi
0