“Shimoliy oqimlardan” gaz sizib chiqishi: hodisa haqida nimalar ma’lum

© Beregovaya oxrana ShvetsiiMesto utechki gaza na gazoprovode "Severniy potok" v shvedskoy ekonomicheskoy zone.
Mesto utechki gaza na gazoprovode Severniy potok v shvedskoy ekonomicheskoy zone.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
“Nord Stream AG” ro‘y bergan hodisani misli ko‘rilmagan deb atadi.
Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarining bir nechta tarmoqlarida bosim birdan pasaydi. Kamida to‘rtta joydan gaz sizib chiqishi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Nord Stream AG” gaz quvurlari operatori yetkazilgan zararni misli ko‘rilmagan deb atamoqda, ularni qayta tiklash muddatiga baho berishning hozircha imkoni yo‘q.
“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” ishlashga tayyor to‘liq tayyor gaz quvurlari edi. Birinchisidan gaz uzatish gohida G‘arb sanksiyalari sharoitida ta’mirlash, profilaktika ishlari va sertifikat olish uchun to‘xtatilgandi. Ikkinchisini sertifikatlashni Germaniya 22-fevral kuni to‘xtatib qo‘ygandi.

Xo‘sh, nima ro‘y berdi?

26 sentabrga o‘tar kechasi “Nord Stream 2 AG” sohil maydonidan “Shimoliy oqim-2”ning ikki tarmog‘idan birida bosim kamaygani qayd etildi. O‘shanda darhol Germaniya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya va Rossiya sohil xizmatlari xabardor qilindi.
O‘sha kuni kechqurun “Shimoliy oqim-1”ning har ikki tarmog‘ida bosim tushib ketdi. Hodisa Daniya hududida ro‘y bergan.
“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2”da bir necha soat ichida uchta gaz sizib chiqishi aniqlandi. Keyinroq Shvetsiyaning sohil muhofaza xizmati yana bir sizib chiqish joyini aniqladi.
Seysmologlar quvurlar yotqizilgan yo‘llarda ikkita portlash aniqlanganini ma’lum qilishdi.
Daniya energetika agentligi dengizga ko‘p miqdordagi gaz tushganini xabar qildi. Samolyot va kemalarga voqea joyiga yaqinlashish taqiqlandi.

Hodisaga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

“Nord Stream 2 AG” vakili Ulrix Lissek gaz quvurining “biror bir yerida, ehtimol, teshik paydo bo‘lganini” ma’lum qildi. Bosim tushib ketishining aniq sababini sanksiyalar va u yerda xodimlar bo‘lmaganligi uchun aniqlab bo‘lmagan.
Germaniyaning “Der Tagesspiegel” va “Der Spiegel” nashrlari manbalariga tayangan holda gap “qasdan uyushtirilgan qo‘poruvchilik” haqida borayotgan bo‘lishini mumkinligini xabar qilishdi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bu uchun javobgarlik Ukraina yoki Ukraina bilan bog‘liq kuchlar zimmasida bo‘lishi mumkin.
Daniya hukumati “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridan gaz sizib chiqishi bilan voqeani qasddan uyushtirilgan harakat deb ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Shvetsiyaning Upsala universiteti seysmologlarining gaz sizib chiqishiga portlashlar sabab bo‘lganiga ishonchlari kmil

Rossiya qanday munosabat bildirmoqda

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tergovchilari Bosh prokuratura materillari asosida “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi portlash munosabati bilan xalqaro terrorizm akti to‘g‘risida jinoiy ish ochishdi.
Rossiya tomoni voqea sabab BMT Xavfsizlik kengashining tezkor majlisini o‘tkazishni so‘radi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham gap qo‘poruvchilik haqida borayotgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, Kreml hodisadan xavotirda.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Shimoliy oqimlar” bilan bog‘liq hodisaning yuridik oqibatlarini ko‘rib chiqish uchun aniq ma’lumotlar zarurligini qayd etdi. Shuningdek, u Oq uyga 2022-yil 7-fevral kuni AQSh prezidenti Jo Bayden nutqida “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini “yo‘q qilish” tahdidi yangraganini eslatdi.
Rossiya Federatsiya kengashi vitse-spikeri Konstantin Kosachov “Shimoliy oqimlarni” barbod qilish faqat Ukraina va AQShga foydali deb hisoblaydi.

Dunyoda qanday munosabat bildirilmoqda

Shvetsiya prokuraturasi “Shimoliy oqimlardagi” hodisalarni surishtirish ishlarini boshladi.
Oq uy bu ishda qo‘li borligini rad etmoqda.
AQShning sobiq rahbari Donald Tramp “Shimoliy oqimlardagi” hodisalar urushga olib kelishini mumkin degan fikrni bildirdi.
Daniya energetika agentligi “Shimoliy oqimlardagi” gaz hafta oxiriga kelib tugashini kutmoqda.
Germaniya Energetika vazirligi bu mamlakatni energiya bilan ta’minlashga hech qanday ko‘rsatmasligiga ishontirmoqda.
NATO “Shimoliy oqimlardan” gaz sizib chiqishi qo‘poruvchilik natijada ro‘y bergan deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0