Bugun shimol va cho‘l hududlarda shamol kuchayadi – O‘zgidromet

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidrometga ko‘ra, bugun kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 24...29 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25...27 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15...20 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0