Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

© Sputnik / Maksim BlinovDojd
Dojd  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Ertaga Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘ oldi hamda tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib, hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antisiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 20…25 daraja atrofida bo‘ladi.
Ertaga 1-oktabr kuni antisiklon respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent viloyatida kechasi va ertalab hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 10...15 daraja bo‘ladi, kunduzi 21...26 darajagacha pasayadi.
2 oktabr kuni antisiklon ta’siri hali ham davom etadi. O‘zbekiston bo‘yicha quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi termometr ustuni 8...13 darajagacha pasayadi, kunduzi 21...26 daraja atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda shimol, janub va cho‘l hududlardning ba’zi joylarida shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0