Rossiya Sovet Ittifoqini tiklashga intilmayapti – Putin

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSeremoniya podpisaniya dogovorov o vxojdenii v RF DNR, LNR, Zaporojskoy i Xersonskoy oblastey sostoyalas v Kremle
Seremoniya podpisaniya dogovorov o vxojdenii v RF DNR, LNR, Zaporojskoy i Xersonskoy oblastey sostoyalas v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Sovet Ittifoqi endi yo‘q. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Rossiyaga ham bu kerak emas. Biz bunga intilmayapmiz - Putin.
TOShKENT, 30 sen - Sputnik. Rossiya Sovet Ittifoqini qaytarishga intilmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tarkibiga yangi hududlarni kiritish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi marosimida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“1991 yilda Belovejskaya Pushada oddiy fuqarolarning qiziqishi so‘ralmadi va ular o‘z vatanidan mahrum bo‘ldi. Bu esa milliy falokatga aylandi. SSSRning so‘nggi rahbarlari xalq irodasiga zid ravishda buyuk mamlakatni vayron qildi. Tan olaman, ular nima qilayotganlarini va bu qanday oqibatlarga olib kelishini to‘liq tushunmagan. Sovet Ittifoqi yo‘q. O‘tmishni qaytarib bo‘lmaydi. Ha, Rossiyaga ham bu kerak emas. Biz bunga intilmayapmiz”, dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0